KXDRda o‘smirlar K-pop ko‘rgani uchun 12 yillik jazoga hukm qilindi

Olam

image

Shimoliy Koreyada 16 yoshli ikki nafar yigit Janubiy Koreya filmlari va kliplarini tomosha qilgani uchun 12 yillik og‘ir mehnatga hukm qilindi. Bu haqda BBC Janubiy va Shimoliy taraqqiyot (SAND) tadqiqot instituti taqdim etgan videoga tayanib, xabar berdi. 

2022 yilda suratga olingan bo‘lishi mumkin bo‘lgan kadrlar ochiq sud jarayonini ko‘rsatadi. Kulrang palto kiygan ikki o‘smirning qo‘liga kishan bog‘langan.

Videoda, xususan, o‘smirlar zalda yig‘ilganlar oldida “xatolarini tushunmaganliklari” uchun tanbeh berilgani tasvirlangan.

“Chirigan qo‘g‘irchoq rejim madaniyati hatto o‘smirlarga ham tarqaldi. Ular endigina 16 yoshda, lekin ular kelajagini barbod qilishdi”, deyiladi videoda.

BBC'ga ko‘ra, ilgari Janubiy Koreya filmlarini tomosha qilish va musiqa tinglash taqiqini buzgan o‘smirlar yoshlar mehnat lagerlariga jo‘natilgan va jazo muddati besh yildan oshmagan. 

Biroq 2020 yilda KXDR yangi qonun qabul qildi, unga ko‘ra, bunday harakatlar uchun o‘lim jazosi qo‘llanilishi mumkin.

Shimoliy koreyalik qochqinlardan biri  BBC'ga Amerika filmlarini tomosha qilishdan pora evaziga qutulish mumkinligini, ammo koreys filmlarini tomosha qilayotganda qo‘lga olinsa, bu hayot uchun xavfli ekanini aytgan.

Qochqinning aytishicha, u Janubiy Koreya musiqalarini tinglagan va filmlarni do‘stiga uzatganlikda ayblangan 22 yoshli yigitning otib tashlanganiga guvoh bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

KXDR K-pop

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing