KXDRda taktik ballistik raketa sinovdan o‘tkazildi
Olam
−
09 aprel 2453 1 daqiqa
KXDRda sochiluvchan kallak qismiga ega taktik ballistik raketa va elektromagnit qurol tizimi sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, elektromagnit qurol tizimi, uglerod tolali maketlardan foydalangan holda snaryadlarni sochish, kichik masofaga mo‘ljallangan mobil zenit-raketa kompleksining jangovar ishonchliligi, shuningdek, sochiluvchan kallak qismiga ega taktik ballistik raketaning jangovar qo‘llanilish imkoniyati va energiya sarfini baholashni o‘z ichiga olgan sinovlar seriyasi 6 apreldan 8 aprelgacha bo‘lib o‘tgan. Unga Partiya Markaziy qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, general Kim Chon Sik rahbarlik qilgan.
Sinovlar yakuniga ko‘ra, Ballistik raketa tizimlari ilmiy-tadqiqot instituti “yer-yer” sinfiga kiruvchi “Xvasonpo-11-ga” taktik ballistik raketasining kassetali kallak qismi 6,5–7 gektar maydondagi nishonlarni yuqori zichlik bilan urish imkoniyatini baholagan.
8 aprel kuni ertalab KXDR harbiylari Yapon dengizi yo‘nalishida bir nechta kichik masofali ballistik raketalarni uchirgan. Snaryadlar 240 km masofani bosib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya o‘zining raketa va sun’iy yo‘ldoshlarni uchirishga mo‘ljallangan asosiy ob’ektlaridan biri yaqinidagi bir nechta aholi punktini vayron qilgani, bu esa infratuzilmani kengaytirish rejalaridan dalolat berishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi