KXDRda ilk bor sevgi haqida serial namoyish etildi

Olam

image

Koreya Xalq Demokratik Respublikasida (KXDR) birinchi bor sevgi va partiya xatolarini ochiq tasvirlagan teleserial efirga uzatildi. Ushbu loyiha shaxsan mamlakat rahbari Kim Chen In tomonidan ma’qullangan. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 22 qismdan iborat ushbu serial “Pexek tekisliklarida yangi bahor” deb nomlanadi. Asosiy qahramon – shahardan qishloqqa oziq-ovqat ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun yuborilgan amaldor. Uning rafiqasi esa yomon infratuzilma va o‘g‘li o‘qiyotgan maktabning sifatsizligidan aziyat chekadi.

Serialda oilaviy tortishuvlar, korrupsiya va ochiq ifodalangan his-tuyg‘ular ilk bor ekran orqali aks ettirilgan. Qahramonlar hatto pora ham beradi. Bu esa KXDR televideniyesi uchun mutlaqo noodatiy holat.

Janubiy Koreyadagi Donso universiteti professori Kristofer Mandeyning tushuntirishicha, bunday kontent KXDRning yangi axborot strategiyasidan dalolat beradi: muammolarni tan olish, ammo tomoshabinga shuni uqtirishki, faqat amaldagi tuzumgina bu muammolarni hal eta oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya poytaxt Pxenyandagi Xvason tumanida joylashgan yangi osmono‘par binoda o‘yin o‘ynash uchun mo‘ljallangan ilk kompyuter klubini ochishga hozirlik ko‘rilayotgani xabar qilingan edi. Klub 300 nafar o‘yinchiga mo‘ljallangan bo‘lib, poytaxt va umuman mamlakat fuqarolarining moddiy va madaniy farovonligini oshirishga xizmat qilishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In KXDR

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing