KXDR Janubiy Koreya bilan transport aloqasini butunlay to‘xtatdi
Olam
−
09 Oktabr
6081Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Armiyasi bugun, 9 oktyabrdan boshlab to‘qnashuvlarning oldini olish maqsadida Janubiy Koreya bilan bog‘lovchi barcha avtomobil va temiryo‘llarni yopib qo‘yadi hamda mudofaa inshootlarini mustahkamlash ishlarini olib boradi. Bu haqda Bosh shtabga tayanib, Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Koreya yarimorolida “dushman“ kuchlarining qarama-qarshilik xuruji vaziyatni oldindan aytib bo‘lmaydigan holatga olib kelmoqda. Janubiy Koreya hududida muntazam o‘tkazilayotgan tajovuzkor harbiy mashg‘ulotlar esa me’yordan oshib ketmoqda. AQSH tez-tez Koreya yarimoroliga strategik yadroviy vositalarni tashlashda davom etmoqda va Janubiy Koreyada KXDRga nisbatan “rejim tugashi” bilan tahdid qilmoqda.
Shu sababli, KXDR Bosh shtabi Koreya yarimorolidagi keskin harbiy vaziyatni inobatga olib, mamlakat xavfsizligini ta’minlash uchun armiyadan yanada qat’iy va kuchli choralar ko‘rishni talab qilayotganini aytgan. Bu doirada KXDR hukumati nazoratidagi hududni Janubiy Koreyadan doimiy ajratib qo‘yish uchun amaliy harbiy choralar qo‘llanilishi haqida e’lon qilingan.
“9 oktyabrdan boshlab, Janubiy Koreya bilan bog‘lovchi barcha avtomobil va temiryo‘llarni to‘liq uzish va mudofaa inshootlarini mustahkamlash ishlari amalga oshiriladi”, deyiladi Bosh shtab xabarida.
Shuningdek, KXDR armiyasi 9 oktyabr soat 9:45 da (mahalliy vaqt bilan) AQSH qo‘shinlarini to‘qnashuvlarning oldini olish maqsadida janubiy chegarada mudofaa inshootlari qurilishi haqida ogohlantirgan.
“Bizning armiyamiz tomonidan janubiy chegaraning abadiy to‘silishi va bloklanishi Janubiy Koreya – birinchi darajali dushman davlat va doimiy asosiy raqibga qarshi urushning oldini olish va mamlakat xavfsizligini himoya qilish uchun choralar hisoblanadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Rossiya temiryo‘llari” OAJ 15 dekabrdan boshlab Primore o‘lkasidan Shimoliy Koreyaga yo‘lovchi poyezdlar qatnovini qayta boshlashi xabar qilingan edi.
LiveBarchasi