KXDR Yaponiya ustidan raketa uchirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 4 oktyabr kuni Koreya Xalq Demokratik Respublikasi navbatdagi ballistik raketa sinovini amalga oshirdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.

Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, Shimoliy Koreya mahalliy vaqt bilan 7:23 da sharqiy yo‘nalishda raketa uchirgan. Janubiy Koreya harbiylari ushbu raketaning maksimal tezligi 17 Max (1 Max o‘rtacha 1198 km / soat) ga yetganini hisoblab chiqdi.

Yaponiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, raketa 1 ming kilometrgacha balandlikda uchgan va 4,6 ming kilometr masofani bosib o‘tgan. U Pxenyanning raketa sinovlari tarixidagi maksimal masofani bosib o‘tgan.

Raketa Xokkaydo va Aomori prefekturasi tomon uchgan. Shu munosabat bilan Yaponiyaning shimoliy hududlarida havo hujumi haqida ogohlantirish yangragan va odamlardan boshpanalarga tushish talab qilingan. Biroq Shimoliy Koreyadan uchirilgan raketa Yaponiya hududi ustidan uchib o‘tib, Tinch okeaniga tushgan.

Yaponiya o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlari parvozga javob bermagan. Hech qanday zarar haqida ma’lumot yo‘q. Yaponiya aholisi raketa parchalari tushishi mumkinligi haqida oldindan ogohlantirilgan va ularga tegmaslik so‘ralgan. Bundan tashqari, tezyurar 2Shinkansen” poyezdlarining harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Yaponiya hukumati milliy xavfsizlik kengashini chaqirdi. Tokio Pekindagi diplomatik kanallar orqali Pxenyanga keskin norozilik bildirdi. AQSH raketa uchirilishini o‘ylanmagan va beqarorlashtiruvchi harakat sifatida qoraladi.

Bu KXDRning so‘nggi bir necha kun ichida beshinchi raketa uchirishi va yil boshidan beri 23-raketa sinovi bo‘ldi. Koreya raketasi oxirgi marta 2017 yil sentyabrida Yaponiya ustidan uchib o‘tgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

KXDR

Baholaganlar

399

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing