KXDR Yapon dengiziga uchta raketa uchirdi
Olam
−
25 may 2022
6103Shimoliy Koreya bir necha daqiqa oralig‘i bilan Yapon dengizi tomon uchta ballistik raketa uchirdi, raketalar Pxenyandagi Sunan aeroporti hududidan uchirildi. Bu haqda “Yonhap” axborot agentligi xabar bergan.
“Shimoliy Koreya chorshanba kuni sharq tomon uchta ballistik raketa uchirdi, deb xabar berdi Janubiy Koreya harbiylari”, deyilgan xabarda.
Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi Pxenyandagi Sunan hududidan uchirilishlar mahalliy vaqt bilan taxminan 06:00, 06:37 va 06:42 da (Toshkent vaqti bilan 00:00, 00:37 va 00:42) qayd etilganini ma’lum qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Pxenyan yil boshidan buyon 16 ta raketa sinovini o‘tkazdi.
LiveBarchasi