KXDR Yapon dengiziga ballistik raketa uchirdi

Olam

image

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi. Bu haqda “Kyodo” xabar berdi.

Qayd etilishicha, raketa Yaponiyaning maxsus iqtisodiy zonasi tashqarisiga – Yapon dengiziga qulagan. Hech qanday zarar haqida xabar berilmagan. Yaponiya sohil xavfsizlik xizmati mintaqadagi kemalardan raketa bo‘laklari topilsa, ularga yaqinlashmaslik va zudlik bilan rasmiylarga murojaat qilishni so‘ramoqda.

Mamlakat Bosh vaziri Sigeru Isiba idorasida Pxenyanning raketa uchirishiga oid ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish uchun shtabi ish boshlagan. Isiba tegishli vazirlik va idoralarga mahalliy aholiga vaziyat haqida tezkor ma’lumot yetkazish, mintaqada kemachilik va fuqaro aviatsiyasi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Ma’lumot uchun, mazkur raketa uchirilishi KXDRning 2025 yildagi birinchisi bo‘ldi. Pxenyan oxirgi marta o‘tgan yil 5 noyabrda raketa uchirgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 31 oktyabr kuni ham Janubiy Koreya va AQSH Mudofaa boshliqlari Shimoliy Koreyaning Rossiyaga qo‘shin kiritganini birgalikda qoralaganidan bir necha soat o‘tgach, Pxenyan Yapon dengizi tomon qit’alararo ballistik raketa uchirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

KXDR ballistik raketa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing