KXDR yana Janubiy Koreya tomon axlat sharlarini uchirdi
Olam
−
10 avgust
3358Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yana Janubiy Koreya tomon axlat to‘plarini uchirdi. Bu haqda “Yonhap” nashri xabar berdi.
“Shamol yo‘nalishi o‘zgarishi bilan to‘plar Kyongido viloyatining shimoliy hududlariga qarab harakatlanishi ehtimoli bor”, deydi Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi.
Janubiy Koreya harbiylari vatandoshlariga uchib kelgan axlatlarga yaqinlashmaslikni va guvohlar darhol rasmiylarga xabar berishni tavsiya qildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 iyul kuni Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yolning Seuldagi davlat idorasiga Shimoliy Koreya tomonidan yuborilgan 300 ga yaqin axlat sharlari kelib tushgandi. Taxminan 250 ga yaqin sharlar asosan poytaxt Seul va yaqin atrofdagi Kyonnggi provinsiyasining shimoliy hududiga qulagan. Prezident xavfsizlik xizmati havo shari tarkibini o‘rganib chiqqan va uning kimyoviy, biologik va radiatsiyaviy xavf tug‘dirmasligini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi