KXDR yana qo‘shnilariga qaratib raketa uchirdi

Olam

image

Shimoliy Koreya yana sharqiy sohildan Yapon dengizi tomon qanotli raketalarni uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasiga tayanib, “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Shimoliy Koreya harbiylari Seul, Tokio va Vashingtondan kelayotgan bayonotlarga e’tibor bermay, yangi raketalarni sinovdan o‘tkazishda davom etmoqda. Bugun Yaponiya dengizi tomon bir nechta qanotli raketalar uchirildi. 

Raketalar mahalliy vaqt bilan soat 08:00 atrofida, ehtimol, Sinpo port shahri hududidan Yaponiya dengizi yo‘nalishida uchirilgan. Tafsilotlar Janubiy Koreya va AQSH razvedka idoralari tomonidan tahlil qilinmoqda.

Janubiy Koreya Qo‘shma Shtatlar bilan yaqindan muvofiqlashtirgan holda shimoliy qo‘shnisi ustidan kuzatuvni kuchaytirayotganini aytdi.

Ta’kidlanishicha, barcha davlatlar agressiv urush boshlash va global xavfsizlikni oyoqosti qilishga urinayotgan imperialistlarga qarshi birlashishi kerak.

KXDR hozircha uchirishlar haqida izoh bermadi, biroq avvalroq Pxenyan ishlab chiqilayotgan eng so‘nggi strategik qanotli “Pulxvasal-3-31” (Fire Arrow -3-31) raketasini sinovdan o‘tkazayotgani xabar qilingan.

“Koreya yarimorolidagi mojaro avj olib ketsa, u jahon yadro urushiga aylanadi va insoniyatga mislsiz ofatlar olib keladi”, deyiladi Shimoliy Koreya gazetasida chop etilgan maqolada.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya Janub bilan yarashish ramzini buzib tashlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya raketa KXDR

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing