KXDR va Janubiy Koreya chegarasida otishma bo‘ldi

Olam

image

KXDRga  Janubiy Koreya tomonidan o‘qotar qurollardan bir necha marta o‘t ochildi. Bu haqda “Renxap” agentligi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘q uzishlar mahalliy vaqt bilan soat 07:41 da demarkatsiya chizig‘ining markaziy qismida Janubiy Koreyaning kuzatuv punkti tomon yo‘naltirilgan.

Bunday voqealar bo‘yicha ko‘rsatmalarga muvofiq va qo‘mondon buyrug‘iga binoan Janubiy Koreya harbiylari bunga javoban ikkita ogohlantiruvchi o‘q uzgan.

Otishma oqibatida hech qanday moddiy zarar yetmagan yoki tan jarohati olganlar bo‘lmagan.

Aniqlik kiritilishicha, Janubiy Koreyaning harbiy kuchlari tayyor holga keltirilgan. Chegarada nima sodir bo‘lganini ikki davlat o‘rtasidagi harbiy aloqa liniyasi orqali aniqlashga kirishilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Koreya yarimoroli rasman urush holatida hisoblanadi. Sababi 1950-1953 yillarda ikki davlat o‘rtasida bo‘lgan urush tinchlik sulhi tuzish bilan emas, balki yarashuv haqidagi kelishuv imzolanishi bilan tugagan. Ikki davlat o‘rtasidagi qurolsizlashtirilgan hudud 38-parallel bo‘ylab o‘tib, yarimorolni deyarli ikkita teng qismga ajratib turadi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya KXDR

Baholaganlar

580

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing