KXDR o‘zini yadroviy davlat deb e’lon qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

KXDR o‘zining yadroviy davlat ekanligini qonuniy jihatdan mustahkamlab qo‘ydi, yadro quroli bo‘yicha har qanday qaror qabul qilish huquqi faqat mamlakat rahbari Kim Chen Inga berildi. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Yonhap” axborot agentligi Shimoliy Koreya davlat OAVlariga tayanib yozmoqda.

Qayd etilishicha, KXDR 14-chaqiriq Oliy xalq assambleyasi 7 sentyabrdagi sessiyasida “Yadro quroli bo‘yicha siyosat” deb nomlangan dekretni qabul qilgan.

Hujjat yadro qurolining maqsadi, yadro kuchlarining tarkibi, ularni boshqarish va nazorat qilish, yadro qurolidan foydalanish bo‘yicha qarorlarning bajarilishini ta’minlash, ulardan foydalanish tamoyillari va shartlari, safarbarlik, xavfsiz saqlash, himoya qilish, ommaviy mustahkamlash, yangilash va boshqalar to‘g‘risidagi qoidalarni o‘z ichiga olgan 11 banddan iborat.

“Yadro qurolini boshqarish va nazorat qilish” haqidagi uchinchi bandda KXDR rahbari ularni tasarruf etish huquqiga egaligi va “yadro quroliga oid barcha qarorlarni qabul qilishi” qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

KXDR

Baholaganlar

417

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing