KXDR uchirgan josus sun’iy yo‘ldosh muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Olam

image

Shimoliy Koreyaning Malligen-1-1 josus sun’iy yo‘ldoshini olib ketayotgan raketa uchirilganidan ko‘p o‘tmay parvozining birinchi bosqichida havoda portladi. Bu haqda KXDR Davlat aerokosmik muhandislik boshqarmasiga tayanib, Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, halokatga raketa dvigatelining nosozligi sabab bo‘lgan.

Janubiy Koreya harbiylari 27 may kuni kechqurun Shimoliy Koreyaning g‘arbiy qirg‘oqlaridan raketa uchirilganini qayd etdi. Seul Shimoliy Koreya razvedka sun’iy yo‘ldoshi uchirilganidan bir necha daqiqa o‘tgach, uning qoldiqlari va raketa qoldiqlari KXDRning o‘sha g‘arbiy qirg‘oqlari yaqinida dengizga qanday qulaganini kuzatganini aytdi.

Yaponiyaning NHK telekanali yong‘in ichida qolgan qoldiqlarning dengizga qulagani tasvirlangan videoni namoyish etdi. NHK telekanalining ma’lum qilishicha, kadrlar 27 may kuni kechki payt Xitoyning shimoli-sharqiy qirg‘oqlaridan suratga olingan. Bungacha rasmiylar Yaponiyaning Okinava oroli aholisini boshpana topishga chaqirgan, biroq tez orada ogohlantirish bekor qilingan.

O‘z navbatida, Koreya Respublikasi Prezidenti KXDR tomonidan ballistik raketa texnologiyasidan foydalangan holda har qanday uchirish BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari bilan taqiqlanganini qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya sun'iy yo'ldosh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing