KXDR Rossiyaga qo‘shimcha kuchlar jo‘natishi mumkin – OAV 

Olam

image

Shimoliy Koreya Ukrainaga qarshi janglarda 1100 ga yaqin askarini yo‘qotdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya Federatsiyasi tomonida Ukrainaga qarshi jangovar harakatlarda Shimoliy Koreyaning yo‘qotishlari taxminan 1 ming 100 kishi, deb baholangan.  Nashrga ko‘ra, KXDR rasmiylari, ehtimol, Rossiyaga qo‘shimcha qo‘shinlar yuborishga hozirlik ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin.

“Razvedka ma’lumotlarini har tomonlama baholash Shimoliy Koreya qo‘shinlarni almashtirish yoki to‘ldirishga tayyorlanayotganidan dalolat beradi”, deyiladi xabarda.

Pxenyan hozirda Rossiyaga raketa uchirish moslamalari va o‘ziyurar artilleriya vositalari yetkazib berayotgani, shuningdek, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning keng ko‘lamli hujumchi dronlarini ishlab chiqarishga o‘tayotgani haqida ishora qilgan.

Seul ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya Rossiya Federatsiyasiga 12 minggacha askarini o‘tkazishi mumkin. Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva har bir harbiy xizmatchi uchun Pxenyanga 2000 dollar to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerikaning yuqori martabali harbiy amaldori Shimoliy Koreya qo‘shinlari allaqachon Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatida Ukraina qurolli kuchlari bilan janglarda halok bo‘lgan va yaralangan “bir necha yuz” askarini yo‘qotgani haqida xabar bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya KXDR

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing