KXDR maxsus kuchlari Kim Chen Inga mahoratini ko‘rsatdi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 11 oktyabr kuni Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyandagi harbiy ko‘rgazmada mamlakat maxsus kuchlari boshi bilan beton sindirish va mushtlari bilan temir panjaralarni bukish qobiliyatini namoyish etdi. Tegishli video mamlakat markaziy televideniyesi tomonidan namoyish etildi.  

Tadbirda KXDR yetakchisi Kim Chen In ishtirok etgan. Unda harbiylar mushtlari bilan beton plitkalarni bo‘laklarga bo‘lishni, sindirilgan shisha parchalari ustiga yotishni ko‘rsatgan. 

 

Dastur qiruvchi samolyotlarning namoyishi bilan davom etgan. Namoyishni tomosha qilgan Kim Chen Inning yuzida mamnuniyat aks etgan. U mulozimlari bilan birgalikda ko‘rgazmani, jumladan, tanklar va raketa otish moslamalarini ko‘rib chiqqan. 

Avvalroq, KXDR razvedkasining sobiq xodimi Kim Kuk Son Kim Chen In haqidagi sirli ma’lumotlarni fosh etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In KXDR

Baholaganlar

333

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing