KXDR chegarada baland ovozli karnaylarni o‘rnatishni boshladi

Olam

image

KXDR Koreya Respublikasi bilan chegarada baland ovozli karnaylarni o‘rnatishni boshladi. Bu haqda bugun, 22 iyun kuni harbiy manbalarga tayanib, “Yonhap” agentligi xabar bermoqda.

Harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, KXDR qurolsizlantirilgan zonada karnaylarni joylashtira boshlaganiga oid belgilar topildi, deya ta’kidlaydi agentlik.

Chegarada targ‘ibot vositalaridan foydalanmaslik ikki mamlakat mudofaa vazirlari tomonidan 2018 yil sentyabr oyida imzolangan harbiy bitim shartlaridan biri edi. U imzolanganidan keyin ikkala tomon ham qurolsizlantirilgan zonada o‘rnatilgan targ‘ibot-tashviqot vositalarini demontaj qilishdi.

KXDR Markaziy telegraf agentligining ma’lum qilishicha, Pxenyan nashriyotlari va bosmaxonalari Janubiy Koreyada tarqatish uchun 12 millionta tashviqot varaqasini chop etgan. Ta’kidlanishicha, Xalq Demokratik Respublikasining boshqa shaharlari bosmaxonalari qo‘shimcha ravishda bir necha million varaqa tayyorlashni rejalashtirmoqda. Agentlik, shuningdek, saylovoldi tashviqoti materiallarini tarqatish uchun asbob-uskunalarni tayyorlash ishlari yakunlangani to‘g‘risida ham ma’lumot berdi. Xususan, varaqalarni tarqatish uchun 3 mingdan ortiq shardan foydalanish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

KXDR

Baholaganlar

372

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing