KXDR AstraZeneca vaksinasini olishdan voz kechdi
Olam
−
09 iyul 2021
4917Shimoliy Koreya COVAX Facility dasturi bo‘yicha qabul qilishi kerak bo‘lgan AstraZeneca koronavirus vaksinasini rad etdi. Mamlakat yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlardan xavotirda ekanini ma’lum qilgan. Bu haqda Milliy xavfsizlik strategiyasi institutining Janubiy Koreya davlat tahlil markazi hisobotiga asoslanib xabar berilgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Respublika rasmiylari uning o‘rniga rus vaksinasini tanlashi mumkin. Institutga ko‘ra, KXDR koronavirusga qarshi vaksinalarni olishga harakat qilmoqda, ammo passiv harakat sababli bunga hali erisha olmagan.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning mart oyidan KXDR o‘z fuqarolarini chet elda emlanishiga ruxsat bergan, ammo hali mamlakat ichida vaksinatsiya jarayoni amalga oshirilmagan.
“Ko‘rinishidan, Shimoliy Koreya Rossiya vaksinasiga ijobiy qaramoqda, ammo uni bepul berilishini talab qilmoqda”, degan mutaxassislar.
Shuningdek, KXDR AQSHning 500 million doza Pfizer vaksinasi yetkazib beriladigan kam ta’minlangan mamlakatlar ro‘yxatiga kirgani ta’kidlangan, ammo yetkazib berish bo‘yicha aniq rejalar hozircha mavjud emas.
Eslatib o‘tamiz, KXDR rahbari Kim Chen In koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq “katta inqiroz” haqida e’lon qilgandi.
LiveBarchasi