KXDR har qanday bosqinchi kuchni yo‘q qiladi – Kim Chen In 

Olam

image

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi harbiy mojaro boshlashga uringan har qanday kuchni yo‘q qiladi. Bu haqda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In kecha, 25 aprel kuni Koreya xalq armiyasi tashkil etilganining 90 yilligiga bag‘ishlangan paradda ma’lum qildi.

“Hozir harbiy kuchlarimiz har qanday jangga tayyor. KXDR bilan harbiy mojaroga (boshlashga — tahr.) harakat qiladigan har qanday kuchni yo‘q qilamiz”, degan Kim Chen In. 

Parad 25 aprel kuni taxminan soat 22:00 larda (Toshkent vaqti bilan 18:00) Pxenyandagi Kim Ir Sen maydonida bo‘lib o‘tgan. Janubiy Koreya matbuoti Pxenyan 20 mingga yaqin askar va texnikani safarbar qilgani haqida xabar bergan. 

Parad mashg‘ulotlarida 250 dan ortiq texnikalar, jumladan, “Xvason-8” gipertovushli raketasi, yaqinda Pxenyan tomonidan sinovdan o‘tkazilgan “Xvason-17” qit’alararo ballistik raketasi va suv osti kemasidan uchiriladigan ballistik raketa ishtirok etgan. 

Eslatib o‘tamiz, Kim Chen In KXDR kuchli zarba berish salohiyatini rivojlantirishda davom etishini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

KXDR bosqin

Baholaganlar

547

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing