Kiyevdagi maktab va bog‘chalardan rus tili siqib chiqarildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kiyevdagi maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quv rejalaridan rus tili chiqarib tashlangan. Bu qaror kecha, 10 noyabr kuni kechqurun Kiyev shahar kengashi tomonidan qabul qilindi. 

Kengash matbuot xizmati tarqatgan xabarda qayd etilishicha, hozirgi sharoitda Kiyev shahri hududiy hamjamiyatining kommunal mulki bo‘lgan maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini [rus tilida] olib borish va rus tilini o‘rganish maqsadga muvofiq emas va noto‘g‘ri. 

“Kiyev shahar kengashining deputatlik korpusi jamiyatdagi keskinlikning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik va Kiyevning ta’lim maydonini Rossiya Federatsiyasining gibrid ta’siridan himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan qaror qabul qildi. Til muhim va bu hozir milliy xavfsizlik masalasidir”, deydi Kiyevning ta’lim va fan, oila,  yoshlar va sport bo‘yicha doimiy komissiyasi rahbari Vadim Vasilchuk. 

Vasilchukning qo‘shimcha qilishicha, bu guruh va sinflarni rus tilidan davlat tiliga o‘tkazish imkonini beradi. 

Ukrainada rus tili

Ukrainada 2014 yil fevralidagi davlat to‘ntarishidan so‘ng darhol rus tilini ochiq o‘zgartirish kursi o‘tkazila boshlandi. Yangi hukumat kelganidan keyin birinchi kunlarda Oliy Rada 2012 yildan beri amalda bo‘lgan qonunni bekor qilish uchun ovoz berdi va aholisining kamida 10% foizi rus bo‘lgan hududlarda rus tiliga mahalliy til maqomi berildi. Aynan ushbu qonunning bekor qilinishi Ukraina sharqida rusiyzabon aholi ko‘p bo‘lgan norozilik harakatining portlashiga sabab bo‘ldi. 

2016 yildan boshlab Ukrainada radio va televideniye uchun til kvotalari joriy etila boshlandi, 2017 yilda parlament "Ta’lim to‘g‘risida" gi qonunning yangi tahririni qabul qildi, unda ta’lim tizimida rus tilidan foydalanishni bosqichma-bosqich taqiqlash ko‘zda tutilgan. 2019 yilning 15 may kuni Prezident Pyotr Poroshenko “Ukrain tilining davlat tili sifatida amal qilishini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi, bu esa mamlakatda rus tilidan foydalanish imkoniyatini yanada cheklab qo‘ydi, shuningdek, til qonuni bo‘yicha huquqbuzarliklar uchun jarimalar va turli xil jazo choralarini joriy qildi.

Fevral oyida Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan so‘ng, mahalliy hokimiyat organlari rus tilidan foydalanish va uni maktablarda o‘qitishni to‘liq taqiqlashni joriy qilmoqda. 21 oktyabr kuni Xavfsizlik va milliy mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov yana bir bor mamlakatda rus tilining qo‘llanilishiga keskin qarshi chiqib, rus tili “Ukraina hududidan butunlay yo‘q bo‘lib ketishi”, ingliz va ukrain tillari majburiy bo‘lishi kerakligini aytdi. Ayni paytda "Rus tili" mutaxassisligi Ukrainaning faqat to‘rtta universitetida bor, xolos.


Maqola muallifi

Teglar

rus tili Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

43

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing