Kiyevda Ukrainadagi urushning asosiy aybdori kimligi aytildi
Olam
−
19 mart 2022
38733Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Aleksey Arestovich mamlakatning sobiq Prezidenti Pyotr Poroshenkoni Rossiya Federatsiyasining Kiyevga qarshi urush ochish uchun zarur shart-sharoitlardan birini – mamlakatning NATOga a’zo bo‘lishi to‘g‘risidagi bandni Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yganlikda aybladi.
“Poroshenko, u buni joriy qilganida, bu uning shaxsiy saylovoldi PR texnologiyasi edi. U NATO bizni hech qachon qabul qilmasligini o‘shanda allaqachon bilar edi. Hozir Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar uchun aybning oxirgi ulushi Konstitutsiyada ushbu qoidani qabul qilgan va ilgari surganlar zimmasiga tushadi”, deya Arestovichning so‘zlaridan iqtibos keltirgan “Ukrainskiye novosti”.
15 mart kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ochiq eshiklar haqidagi so‘zlarga qaramay, alyans Ukrainani qabul qilmoqchi emasligini tan olish zarurligini e’lon qildi.
Ukrainaning NATOga intilishlari
2008 yil aprel oyida Buxarest sammitida Shimoliy Atlantika alyansi “Ukraina va Gruziya oxir-oqibat NATOga a’zo bo‘ladi” degan siyosiy bayonotni qabul qildi. 2019 yil fevral oyida Oliy Rada Konstitutsiyaga mamlakatning NATOga a’zo bo‘lish intilishlarini “yevro-atlantika kursining qaytarib bo‘lmasligi” iborasi bilan to‘ldirdi.
Ukraina Qurolli Kuchlarining 2020 yilgacha NATO mamlakatlari armiyalari bilan to‘liq mos kelishini ta’minlash mamlakatning 2015 yilda qabul qilingan yangi harbiy doktrinasida mustahkamlangan. 2020 yil iyun oyida Ukraina NATOning kengaytirilgan imkoniyatlar hamkori maqomini oldi.
LiveBarchasi