Kiyevda Rossiya hujumi oqibatida o‘zbek restorani vayron bo‘ldi (video)

Olam

image

Joriy yil 2 iyulga o‘tar kechasi Rossiyaning Kiyevga uyushtirgan havo hujumi oqibatida shahardagi “O‘zbek palovi” restorani jiddiy zarar ko‘rdi. Bu haqda restoranning Instagram sahifasida e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, Kiyevning Garmatna ko‘chasidagi filialga zarba berilishi ortidan yong‘in kelib chiqqan. Oqibatda restoranning bir xonasi butunlay yonib ketgan, qolgan qismlariga esa qisman shikast yetgan. Shunga qaramay, tarmoqning Degtyaryovskaya va Lukyanivskaya ko‘chalarida joylashgan boshqa filiallari odatdagi tartibda faoliyatini davom ettirmoqda.

Qurbonlar va jarohat olganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Restoran Kiyevda 2024 yilda ish boshlagan bo‘lib, mazkur joy o‘zbek milliy taomlari, jumladan palov, somsa va kaboblari bilan mashhur.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumlari oqibatida mamlakatning Chuguyev shahrida mahalliy aholiga palov tarqatib yurgan 36 yoshli o‘zbekistonlik Sardor Hakimov raketa zarbasi oqibatida halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing