Kiyev va Ukraina viloyatlarida havo “trevoga”si ishga tushdi
Olam
−
12 Oktabr 2022
8539Kiyev va Kiyev viloyatida, shuningdek, Ukrainaning markaziy hududlarida bugun, 12 oktyabr kuni ertalab havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi. Bu haqda Ukraina OAVlari xabar bermoqda.
Ogohlantirish, xususan, Vinnitsa, Cherkas, Kirovograd va Dnepropetrovsk viloyatlarida tarqatildi.
Havo hujumi uyushtirilgani, qurbonlar va talafotlar haqida rasmiy ma’lumotlar berilmadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 10 oktyabr kuni Kiyev, Dnepr va Ukrainaning boshqa bir qator shaharlarini kuchli raketa zarbalariga duchor qildi. Ukraina butun mamlakat bo‘ylab havo ogohlantirishini e’lon qildi. Kiyevda, shuningdek, Ukrainaning boshqa hududlarida, jumladan Dnepr viloyati, Odessa va Xarkovda ertalab bir qator portlashlar sodir bo‘ldi.
Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Rostislav Smirnovning aytishicha, kamida 14 kishi halok bo‘lgan, 60 ga yaqin kishi jarohatlangan. Portlash oqibatida oltita avtomobil vayron bo‘lgan, yana 15 tasi zarar ko‘rgan. Mahalliy Telegram kanallari xabariga ko‘ra, portlashlar Ukraina xavfsizlik xizmati ma’muriyati binosi hududida, shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Volodimirska ko‘chasidagi kabinetlaridan birida sodir bo‘lgan. Kiyev metrosida qizil chiziqda poyezdlar harakati to‘xtatildi, barcha yerosti stansiyalari boshpana sifatida ishlaydi.
Hujum ortidan AQSH Jo Bayden Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berilishiga va’da berdi. Germaniya 11 oktyabr kuni Ukrainaga avval va’da qilingan to‘rtta zamonaviy o‘rta masofaga mo‘ljallangan IRIS-T SLM Infra Red Imaging System Tail havo mudofaa tizimidan birinchisini yetkazib berdi.
LiveBarchasi