Kiyev va Xarkovda portlashlar oqibatida 60 dan ortiq kishi jabrlandi

Olam

image

Kiyevda ertalabki portlashlar oqibatida 20 kishi jabrlandi. Xarkovda esa 41 kishi tan jarohati oldi, bir ayol halok bo‘ldi. Bu haqda Kiyev shahar meri Vitaliy Klichko ma’lum qildi.

Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, o‘qqa tutilganidan so‘ng shaharning Podolsk tumanining bir necha joyida yong‘in boshlangan. Svyatoshinskiy tumanida ijtimoiy infratuzilma binosi shikastlangan, Pecherskiyda tomga urilish qayd etilgan.

"Obolonsk tumanida ombor yonmoqda, Desnyansk tumanidagi supermarket binosi yonib ketdi", deydi Kiyev meri.

Bugun, 2 yanvar kuni butun Ukraina bo‘ylab havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi.

Kiyevda portlashlar yuz berdi. Oqibatda shaharning bir qancha hududlarida elektr energiyasi uzilib, suv tarmog‘idagi bosim ham pasaygan. Bundan tashqari, Vinnitsa va Kirovograd viloyatlarida portlashlar qayd etilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi fuqarolik nishonlari va infratuzilmalariga hujum qilmayotgani haqida bir necha bor xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Kiev Xar'kov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing