Kiyev Rossiyaga qarshi yirik provokatsiya tayyorlamoqda – Moskva
Olam
−
14 fevral 2023
9442BMT Bosh Assambleyasining XI maxsus sessiyasi arafasida Kiyev AQSH ko‘magida Rossiyani Ukrainadagi bosqin davomida yadro xavfsizligini buzganlikda ayblash uchun buyuk voqea deb atalmish provokatsiya tayyorlamoqda. Bu hafda bugun, 14 fevral kuni tarqatilgan gumanitar yordam bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi idoralararo muvofiqlashtirish shtabining bayonotida aytiladi.
“Kiyev rejimi AQSH va Yevropa davlatlari ko‘magida 22 fevral kuni BMT Bosh Assambleyasining XI favqulodda sessiyasi boshlanishidan oldin Rossiya Federatsiyasini ayblash uchun “maxsus harbiy operatsiya” davomida Yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi konvensiya majburiyatlarini qo‘pol ravishda buzish to‘g‘risidagi keng ko‘lamli axborot provokatsiyasini tayyorlashni yakunlamoqda”, deyiladi bayonotda.
Shuningdek, Kiyev rejimi vakillari jahon hamjamiyatiga go‘yoki “Rossiya harbiy xizmatchilarining Chernobil atom elektr stansiyasidagi va taqiqlangan zonadagi harakatlari natijasida 2022 yilning fevral – aprel oylarida "Ukrainaning muhim hududlarida radioaktiv ifloslanish" kuzatilgan.
Moskvaga ko‘ra, provokatsiyaning asosiy maqsadi – Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlamagan mamlakatlarni BMT Bosh Assambleyasining yaqinlashib kelayotgan XI maxsus sessiyasida Kiyev "tinchlik formulasi" uchun ovoz berishga majburlash uchun salbiy fon yaratish. Bundan tashqari, Kiyev “Ukrainani qo‘llab-quvvatlash” uchun Rossiyaning xorijdagi aktivlarini noqonuniy ravishda musodara qilish va qandaydir “xalqaro tribunal” yaratish bo‘yicha yangi tashabbuslarga umid qilmoqda.
22 fevral kuni BMT Bosh Assambleyasining Ukraina bo‘yicha maxsus sessiyasi o‘z ishini boshlaydi. Bosh Assambleya raisining rasmiy vakili Polina Kubiyakning so‘zlariga ko‘ra, sessiyani o‘tkazish to‘g‘risidagi so‘rov 10 fevral kuni qator G‘arb davlatlaridan kelib tushgan.
LiveBarchasi