Kiyev Xitoyga tinchlik formulasini bergan va javob kutmoqda – Zelenskiy

Olam

image

Prezident Vladimir Zelenskiy Ukraina o‘zining tinchlik formulasini diplomatik kanallar orqali Xitoyga topshirganini ma’lum qildi.

“Xitoyga biz diplomatik kanallar orqali ochiqchasiga tinchlik formulasini va ushbu formulada ishtirok etish taklifini yetkazdik. Biz muloqotga taklif qilamiz va javob kutamiz”, deydi Zelenskiy.

Uning ta’kidlashicha, o‘t ochishni to‘xtatish bu faqat mojaroni muzlatishdir. Bu Rossiyaga rahbarining yagona xohishi – Ukrainani bosib olish istagini amalga oshirish uchun tayyorlanishga imkon beradi, xolos. 

Tinchlik bo‘yicha Ukraina formulasi

2022 yilning noyabrida G20 sammitida Zelenskiy tinchlikka erishish uchun Ukraina formulasini taqdim etgan va xorijiy yetakchilarni Ukrainaga uni amalga oshirishda yordam berishga chaqirgan. Formula 10 banddan iborat bo‘lib, u radiatsiya va yadro xavfsizligi, oziq-ovqat xavfsizligi, energiya xavfsizligi, barcha mahbuslarni va deportatsiya qilinganlarni ozod qilish, BMT nizomini amalga oshirish va Ukrainaning hududiy yaxlitligi hamda jahon tartibini tiklash, rus qo‘shinlarini olib chiqib ketish va harbiy harakatlarni to‘xtatish, adolatni qaytarish, ekotsidga qarshi kurashish, eskalatsiyaning oldini olish, urushning tugashini belgilashni o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi joriy yilning 24 fevral kuni Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish rejasini e’lon qilgandi. Hujjat 12 banddan iborat bo‘lib, uning asosiy bandlari tinchlik muzokaralarini qayta boshlash va harbiy harakatlarni Rossiya foydasiga to‘xtatish haqida edi.


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy tinchlik formulasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing