Kiyev Hindistonni muzokaralarda vositachi deb hisoblamaydi – NYT
Olam
−
23 avgust 2024 4142 1 daqiqa
Kiyev hukumati Hindistonni Rossiya bilan tinchlik muzokaralarida vositachi sifatida ko‘rmaydi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, “Ukraina rasmiylari Hindistonni vositachi sifatida ko‘rmasliklarini aytishmoqda” va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining Ukrainaga safarini Nyu-Dehlining Kiyev rasmiylarini qo‘llab-quvvatlayotgani namoyishi sifatida taqdim etishga urinmoqda.
Modi bugun, 23 avgust kuni Ukrainaga 1992 yilda diplomatik aloqalar o‘rnatilganidan beri birinchi tashrifi bilan bordi. U Kiyevda bir necha soat bo‘ldi. Modi Ukraina poytaxtiga Polshadan poyezdda yetib keldi.
Eslatib o‘tamiz, Narendra Modi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Moskva boshlagan urushni tugatish uchun Rossiya bilan muzokara o‘tkazishga rozi bo‘lishga chaqirgan va Hindistonga taklif qilgandi.
Live
Barchasi