Kitobdagi xaroba Mehribonlik uyi direktori va ombor mudiri “uchdi”

Jamiyat

image

Avvalroq, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi 5-Mehribonlik uyida bolalar ayanchli holda yashayotgani haqida xabar bergan edik.

Qayd etish kerakki, bugungi kunda Kitob tumanidagi 5-Mehribonlik uyida 65 nafar (shundan qizlari 28 nafar) tarbiyalanuvchilar bo‘lib, ularning 15 nafari chin yetimlarni tashkil etadi.

Mehribonlik uyidag holat bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Xalq ta’lim boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Holat yuzasidan o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan Mehribonlik uyi direktori va ombor mudiri O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli bandlariga asosan o‘z lavozimlaridan ozod etilgan.

Boshqarmaning qo‘shimcha qilishicha, Kitob tumanidagi 5-Mehribonlik uyi 1958 yilda tashkil etilgan bo‘lib, moslashtirilgan binolarda joylashgan, 125 o‘ringa mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) Aliya Yunusova Kitob tumanidagi 5-Mehribonlik uyida bo‘lib, muassasada tibbiyot, stomotologiya, bemorlarni alohidalash xonalarining tagi beton qoplamali  ekani, bolalarning bo‘sh vaqtini o‘tkazish uchun muassasada yetarli sharoitlar mavjud emasligi, mebellar eskirgani, sog‘lom ovqatlantirishdagi kamchiliklari, ovqatlanish me’yorlariga amal qilinmagani, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilmagani kabi kamchiliklarni aniqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mehribonlik uyi

Baholaganlar

236

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing