Poroshenko mutasaddilar ustidan 14 ta da’vo arizasi yozdi
Olam
−
29 yanvar 2020
4983Poroshenko Ukraina huquqni muhofaza qilish organlariga qarshi 14 ta da’vo arizasi topshirmoqda. Unda davlat tergov byurosi, Milliy politsiya va Korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosining tergovchilariga, shuningdek, prokurorlarga qarshi da’volar aks etgan.
Ukrainaning sobiq prezidenti Petr Poroshenko sud orqali politsiya, prokuratura va korrupsiyaga qarshi organlardan ma’naviy zararni qoplatishini ma’lum qildi. Buni uning advokati Igor Golovan e’lon qildi.
"Biz nomoddiy zararni qoplash uchun 14 ta da’vo arizasini beryapmiz. Bu faqat boshlanishi", deb yozgan u "Ukraina haqiqati" blogida.
Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Davlat tergov byurosi tergovchilari ustidan oltita, Milliy politsiyaga va Korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosi ustidan ikkita hamda prokurorlar ustidan to‘rtta da’vo arizasi yozilgan.
Golovanning ta’kidlashicha, Poroshenko Prezident devoni tomonidan berilgan ko‘rsatmaga asosan siyosiy ta’qib ostida qolmoqda.
Elatib o‘tamiz, Poroshenkoga xoinlik, mansab mavqeini suiste’mol qilish, jinoiy daromadlarni legallashtirish, soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlash, sud tizimini egallab olishga urinish kabi ayblovlar qo‘yilmoqda.
LiveBarchasi