Kissinjer tirik bo‘lganida, siyosiy iroda topilar edi – Peskov

Olam

image

Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov yadro urushi “vidolashuvning oxirgi chorasi” ekanini aytdi. Bu haqda u “Bilim. Birinchi” ta’lim marafonida so‘z ochdi. 

“Bu odamlar (G‘arbdagi) yadro urushidan qo‘rqishadimi, bilmayman. Agar ular inson bo‘lsa, ular o‘zlarini himoya qilish darajasida qo‘rqishlari kerak. Insonda o‘zini himoya qilish instinkti bo‘lishi, qo‘rquv bo‘lishi kerak. Yadro urushi – so‘nggi chora, xayrlashuv chorasi”, deydi Peskov.

Kreml voiziga ko‘ra, hozirda G‘arb va Yevropa poytaxtlarida, Amerika Qo‘shma Shtatlarida ko‘p bo‘layotgan yadro urushi haqidagi barcha munozaralar o‘ta mas’uliyatsizlikdir.

“Bu juda xavfli, chunki bu mavzu muntazamlashtirilmoqda”, deydi Rossiya Prezidentining matbuot kotibi.

Shuningdek, Peskov 1970 yillarda AQSH-Sovet munosabatlaridagi keskinlikni yumshatishda harakatlantiruvchi kuch bo‘lgan AQSH sobiq davlat kotibi Genri Kissinjerning vafotidan afsusda ekanini bildirgan. Uning aytishicha, agar Kissinjer tirik bo‘lib, AQSH va Yevropadagi hokimiyatga ta’sir o‘tkazganida, muloqot uchun ko‘proq sabab va siyosiy iroda bo‘lar edi.

Qayd etish joizki, AQSH sobiq davlat kotibi, tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Genri Kissinjer 2023 yilning noyabr oyida 100 yoshida vafot etgan. Yadroviy urush mavzusi esa jahon siyosatida 2022 yilning fevralida Ukrainada urush boshlanganidan beri asosiy munozara mavzularidan biriga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Peskov Genri Kissinjer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing