Kisida Zelenskiyni ham G7 sammitiga taklif qildi

Olam

image

Rossiya bosqinidan keyin Kiyevga ilk bor tashrif buyurgan Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida Ukrainani muntazam qo‘llab-quvvatlashini aytdi va Prezident Vladimir Zelenskiyni joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tadigan G7 sammitida ishtirok etishga taklif qildi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Qayd etilishicha, tashrif doirasida Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida Kiyev viloyatidagi o‘tgan yilning aprel oyida ishg‘ol qilingan Bucha shahriga tashrif buyurgan. Buchada rus qo‘shinlari tomonidan o‘ldirilgan tinch aholining ommaviy qabrlari yaqinidagi cherkov yoniga gul qo‘ygan va marhumlar xotirasiga bir daqiqa sukut saqlagan. 

“Bir yil avval Buchada begunoh fuqarolar o‘ldirilganini ko‘rib, dunyo hayratda qolgan. Bu yerga tashrif buyurib, bu shafqatsizlik tufayli juda ko‘p g‘azabni his qiladi”, degan Kisida.

Shuningdek, Bosh vazir barcha qurbonlar va yaradorlarga Yaponiya fuqarolari nomidan hamdardlik bildirgan. Kisida Yaponiya Ukrainada tinchlikni tiklash uchun katta sa’y-harakatlarni davom ettirishiga ishontirgan.

Ta’kidlash joizki, Kisida hukumati G‘arb tomonidan Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilgan bo‘lsada, Yaponiya energiya ta’minoti bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rmagan. Uning hukumati Rossiyaning “Saxalin-2” eksport loyihasi suyultirilgan gazning asosiy manbai ekanligini va Yaponiya iqtisodiyoti barqaror faoliyat yuritishi uchun Rossiya neftiga muhtojligini aytgan.

Zelenskiy Kisidani Ukrainani urushdan keyingi rekonstruksiyaga qo‘shilishga undagan, avtomobil sanoati va yashil energiya loyihalariga, shuningdek, minalardan tozalashga e’tibor qaratgan. Ukraina rahbari Yaponiya qayta qurishda asosiy sheriklardan biri bo‘lishi mumkin ekanini aytgan.

Kisida Kiyevda bo‘lgan bir paytda Rossiya strategik bombardimonchi samolyotini Yapon dengizi xalqaro suvlari ustidan uchirgan. Parvoz yetti soatdan ortiq vaqt davom etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy Kisida G7 sammiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing