Kisida o‘g‘lini ishdan olishiga sabab bo‘lgan rasmlar tarqaldi (foto)

Olam

image

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida o‘zining to‘ng‘ich o‘g‘li Syotaro Kisidani siyosiy kotiblik lavozimidan bo‘shatishiga sabab bo‘lgan suratlar tarqaldi. Bu haqda Yaponiyaning “Bumshun” jurnali xabar berdi.

Syotaro Kisidaning o‘tgan hafta chop etilgan bir nechta suratlari ommaviy norozilikka sabab bo‘lgan. Suratlardan ko‘rinib turibdiki, kichik Kisida o‘tgan yili do‘stlari bilan Bosh vazirning rasmiy qarorgohida Yangi yil kechasini o‘tkazgan. Bayram 2022 yil 30 dekabrda bo‘lib o‘tgan.

Suratlardan birida 32 yoshli Syotaro Kisida bir nechta sheriklari bilan Bosh vazirning rasmiy qarorgohi qizil gilamida turganini ko‘rish mumkin. Odatda bu joyda Vazirlar Mahkamasining rasmiy suratlari olinadi. Rasmda Syotaro Kisidaning o‘zi markazda, ya’ni Bosh vazir o‘rnida turgan. Boshqa suratda esa u do‘stlari bilan matbuot anjumani o‘tkazayotgandek minbarda gavdalangan.

Fumio Kisida o‘g‘lining xatti-harakati Bosh vazirning siyosiy masalalar bo‘yicha kotibi lavozimini egallagan shaxsga mos kelmasligini, shuning uchun u o‘g‘lini o‘z xatti-harakati uchun javobgarlikka tortish maqsadida ishdan bo‘shatishga qaror qilganini aytgan. Vazirlar Mahkamasi Matbuot xizmati esa rasmiy qarorgoh suiiste’mol qilinmasligi uchun allaqachon choralar ko‘rilganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldin ham Yaponiya ommaviy axborot vositalari kichik Kisidaning boshqa qonunbuzarliklari haqida xabar bergan. U rasmiy tashriflarda elchixona mashinalaridan shaxsiy sayohatlari uchun foydalangan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Kisida

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing