Kisida Hindistonda

Olam

image

Bugun, 20 mart kuni Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida Hindistonga 22 martgacha davom etadigan tashrifini boshladi. Bu haqda Hindiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Arindam Bagchi o‘zining Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisidani aeroportda Hindistonning Tadbirkorlik, malaka oshirish, elektronika va axborot texnologiyalari vaziri Rajiv Chandrasekhar kutib olgan. Keyin Kisida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashib, ko‘lamli mavzular bo‘yicha fikr almashgan. Yaponiya va Hindiston hukumat rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralar mavzulari orasida ularning G7 va G20 raislari sifatidagi ustuvor yo‘nalishlari ham bo‘lgan. 

Shuningdek, Yaponiya Bosh vaziri hindistonlik mavqedoshini joriy yilning may oyida Xirosimada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitida ishtirok etishga taklif qilgan. Modi taklifni qabul qilgan. 

Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya  va AQSHni o‘z ichiga oluvchi G7ga bu yil Yaponiya raislik qilmoqda. 2023 yil may oyida Xirosimada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitida Ukraina tomoni Prezident Vladimir Zelenskiyning  ishtirok etishidan manfaatdor ekanligini bildirgan, biroq Kisida va boshqa yapon rasmiylari bu masala bo‘yicha hozircha hech qanday qaror qabul qilinmaganini ta’kidlab keladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kisida Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sek Yolni ham G7 sammitiga taklif qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Fumio Kisida

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing