Kirkorovning “bosh og‘riq”lari ko‘paydi
Madaniyat-san’at
−
10 fevral
13481Taniqli xonanda Filipp Kirkorovning uchta bankdagi hisoblari sug‘urta qarzlari tufayli bloklandi. Fransuz brendi esa uni qora ro‘yxatga kiritdi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi.
Bildirilishicha, xonandaning sug‘urtadan 47 ming rubl (517 AQSH dollari) qarzi bor. Uning muzlatilgan hisoblari haqidagi ma’lumotlar aks etgan suratlar esa ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Bundan tashqari, 2023 yilning noyabrida ham Kirkorovning soliq xizmatidan 5,5 million rubl (60 ming 445 AQSH dollari) qarzi borligi aytilgandi. Aprel oyida esa mahalliy nashrlardan biri, san’atkordan 4,5 million rubl (49 ming 455 AQSH dollari) undirilishi mumkinligini xabar qilgandi. O‘shanda "Madaniy xizmat" shirkati Kirkorovga qarshi da’vo qo‘zg‘atgan. Bildirilishicha, kompaniya xonandaning aybi bilan o‘z vaqtida bo‘lmagan konsertni tashkil qilish uchun katta mablag‘ sarflagan.
Shuningdek, yaqinda Kirkorov mashhur fransuz modalar uyidan o‘zi uchun zamonaviy liboslar xarid qilmaganini tarmoqlarda ko‘z-ko‘z qilgandi. 2023 yilning dekabrida esa xonanda ushbu moda uyi uni qora ro‘yxatga kiritganini tan oldi. Ijrochining aytishicha, fransuz brendi xonanda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni qo‘llab-quvvatlagani uchun unga kiyim va aksessuarlarini sotishdan bosh tortgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ivleyevaning bazmida ishtirok etgani uchun Filipp Kirkorovning konsert dasturi bekor qilingandi. Shuningdek, xonanda 25 fevral kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan "Oltin grammofon" konsertining afishalaridan olib tashlangan. Kirkorovning Yangi yil dasturlaridagi allaqachon ijro etgan rollari ham kesib tashlangan.
Uni xalq artisti unvonidan mahrum qilish masalasi ham ko‘tarilgan.
Ushbu boykotdan so‘ng Kirkorov AQSHga ketgandi.
LiveBarchasi