Kirkorov “qora ro‘yxat”ga tushdi
Madaniyat-san’at
−
24 fevral
16764Avstraliya hukumati Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor e’lon qilib, sanksiya qo‘llanilgan Rossiya fuqarolari va tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 55 nafar Rossiya fuqarosi va 37 tashkilotga kiritilgan ro‘yxat tarkibida Federatsiya Kengashi va Davlat Dumasi deputatlari, Rossiyaning bir qancha viloyatlari rahbarlari, san’atkorlar, muassasa va idoralar rahbarlari o‘rin olgan.
Qayd etilishicha, cheklovlarga Rossiya tarkibiga kirgan hududlardan ukrainalik bolalarning noqonuniy deportatsiyasi sabab bo‘lgan. Filipp Kirkorov esa Donbassga tashrif buyurgani uchun jazolangan deb taxmin qilinmoqda. U 3 fevral kuni Donetskda joylashgan Gorlovka shahriga, 16 fevral kuni esa Makeyevkaga borgan. Qo‘shiqchi rus askarlari va bolalar uchun insonparvarlik yordami va sovg‘alar olib kelgan, shuningdek, uch nafar harbiy nogiron xizmatchiga protez o‘rnatib berish uchun pul to‘lashga va’da bergan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Zelenskiy rossiyalik mashhurlarga “zapret” qo‘yishi ortidan, Kirkorov uni mazax qilib chiqqan edi.