Kirini yuvishini xohlarmidingiz? – Toshqulov qiz va o‘g‘il bolalar yotoqxonaning bir qavatida yashashini qoraladi

Jamiyat

image

Ijtiomiy tarmoqlarda O‘zbekiston Milliy universiteti yotoqxonasida o‘g‘il bolalar va qiz bolalar bir qavatda yashayotgani haqida xabarlar va unga ilova qilingan fotolar tarqalgandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov talabalar turar joylarida o‘g‘il va qiz bolalarning bir qavatda joylashtirilishiga munosabat bildirib, bu holatni qoraladi.

“Talabalar turar joylarida o‘g‘il bolalar va qiz bolalarning bitta qavatda joylashtirilgani juda uyatli. Shu ham gap bo‘ldimi? Shu narsani nahotki tartibga solib bo‘lmaydi? Men shuning uchun ham alohida buyruq chiqarib berishim kerakmi?

Keyin yana ijtimoiy tarmoqlarda ayyuhannos: “Bu kishi o‘zlarining e’tiqodlaridan kelib chiqib, qiz bola bilan o‘g‘il bolani ajratishni boshladi”, deb yozishadi. Bu gaplar nima kerak menga?

Hurmatli mas’ullar, o‘z farzandingizni shu joyda tasavvur qilib ko‘ring. Oliy ta’lim muassasasi yotoqxonasida qizingizning xonasi o‘g‘il bolaning xonasi bilan yonma-yon turishini xohlarmidingiz? 

Qizingiz o‘g‘il bola bilan bitta xonada ovqat tayyorlashini xohlarmidingiz? Qizingiz o‘g‘il bolalarga har kuni ovqat pishirib berishini xohlarmidingiz? Kirini yuvishini xohlarmidingiz? 

Biz talabalikda o‘zimiz o‘rganganmiz shunday narsalarni. Bino bitta desangiz, kirish va chiqishni ikkita qilsa bo‘ladi-ku. Qancha shtat bor keraksiz. Shulardan xodim qo‘ysa bo‘ladi-ku. Bevosita rahbarga bog‘liq bu narsa”, degan vazir.

Avvalroq, Toshqulov oliy ta’lim tizimi ish yurituvchida qog‘ozbozlik avj olib ketganini tanqid qilib, buni tuzatish uchun 3 oy kerakligini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

talaba Abduqodir Toshqulov

Baholaganlar

741

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing