Kiprda migrantlarga qarshi hujumlar uyushtirildi
Olam
−
04 Sentabr 2023
4807Kipr politsiyasi Limassol qirg‘oq kurortida muhojirlarga qarshi tartibsizliklardan so‘ng, 13 kishini hibsga oldi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Kipr politsiyasi qirg‘oq bo‘yidagi Limassol kurortida muhojirlarga qarshi tartibsizliklardan so‘ng 13 kishini hibsga olgan.
Bu Kiprda so‘nggi ikki hafta ichida Xlorakdan keyingi ikkinchi holat. Asosan suriyalik muhojirlar ijaraga olgan do‘konlar talon-taroj qilingan va yoqib yuborilgan. Kallapo‘sh ostida yuzlarini yashirgan odamlarning hujumi natijasida kamida 5 kishi tan jarohati olgani aytilmoqda.
Kipr prezidenti Nikos Xristodulides Limassolda davom etayotgan hujumlardan so‘ng vazirlar kabineti bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazgan. “Bu so‘nggi ikki hafta ichida ekstremistik kayfiyatdagi odamlar ishtirokida sodir bo‘layotgan ikkinchi hodisadir”, deyiladi kommyunikeda.
Xabar qilinishicha, hukumat Limassolda qo‘shimcha choralar ko‘rmoqda, u yerda 6 sentyabr, chorshanba kuni prezident saroyida migrantlarga qarshi miting o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Hukumat mahalliy OAVga Xlorak va Limassoldagi voqealar uchun mansabdor shaxslar, jumladan, yuqori martabali politsiyachilar javobgarligini ko‘rib chiqishdan oldin vaziyatni yumshatishga ahamiyat berishini aytib o‘tgan.
Akobir Sayidov
LiveBarchasi