Kiprda koronavirusning yangi shtammi aniqlandi
Olam
−
08 yanvar 2022 7973 1 daqiqa
Kiprda “delta” va “omicron” shtammlari gibrididan iborat koronavirusning yangi varianti aniqlandi. Shtamm Kipr universitetining biotexnologiya va molekulyar virusologiya laboratoriyasida ishlaydigan bir guruh mahalliy olimlar tomonidan topilgan.
“Tadqiqotchilar uni “deltakron” deb nomladi”, degan laboratoriya boshlig‘i Leontios Kostrikis.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi variant “delta” shtammi kabi genetik asosga ega, biroq ayni paytda uning bir qator mutatsiyalari “omicron” shtammi bilan bir xil.
“Biz ko‘p sonli mutatsiyalarni topdik, ular ilgari faqat “omicron” shtammi bilan kasallanish holatlarida aniqlangan”, degan virusolog.
Kostrikisning so‘zlariga ko‘ra, “omicron” shtammi 30 ta mutatsiyaga ega va ulardan 10 tasi Kiprda olingan namunalarda aniqlangan.
Laboratoriya rahbarining qo‘shimcha qilishicha, “deltakron” deb ataladigan shtamm oroldan olingan 25 ta namunada topilgan, ulardan 11 tasi kovid belgilari bilan shifoxonaga yotqizilgan odamlardan, qolgan 14 tasi oddiy aholidan aniqlangan.
Live
Barchasi