Kinoteatrda film namoyishi vaqtida yonidagi qizga shahvoniy harakatlar qilgan yigit qamaldi
3-sahifa
−
14 may
12461Toshkent shahridagi kinoteatrlardan birida “Jannat onalar oyog‘i ostida” filmi namoyishi vaqtida yonida o‘tirgan tanish qizga shahvoniy harakatlar qilgan 25 yoshli yigit qamaldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
10 may kuni kinoteatr xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i ichki ishlar organlariga murojaat qilgan va zalda yigit yon o‘rindiqda o‘tirgan qizga jamoat joyida bo‘la turib har-xil shahvoniy harakatlar qilganini ma’lum qilib, qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Bugun, 14 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida huquqbuzar aybiga iqrorligini, o‘sha kuni kelajakda turmush qurmoqchi bo‘lgan qizi bilan kinoteatrga tushganini, uni sog‘ingani tufayli ehtirosga berilib ketganligini, qiz unga “jamoat joyidamiz bu ishimiz to‘g‘ri emas” deganini, shunga qaramasdan unga teginganini aytib, yengillik berishni so‘ragan.
Sud majlisida qatnashgan qiz esa yigit unga shilqimlik qilib, o‘pib tanasiga teginganini, u teginmasligini aytib qarshilik ko‘rsatganini, kelajakda turmush qurmoqchi bo‘lganligi uchun ariza bilan murojaat qilmaganini aytib, unga yengillik berishni so‘ragan.
Sud qaroriga ko‘ra, yigitga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan va undan qamoqni har bir kuni uchun qabul qilish muassasasi foydasiga bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi, ya’ni 255.000 so‘m undirilishi belgilangan.
LiveBarchasi