Endi kinoteatr va bog‘lar davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanishga beriladi
Jamiyat
−
21 yanvar 2021
3001O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanishga beriladigan davlat mulki ob’ektlarining ro‘yxati tasdiqlandi.
Qaror bilan, davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan 172 ta davlat mulki ob’ektining ro‘yxati tasdiqlandi.
Shuningdek, Madaniyat vazirligi va “O‘zbekkino” MA bilan kelishmasdan, quyidagilarga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi:
• ularning tizimidagi kinoteatrlar, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, teatrlar, bolalar musiqa va san’at maktablarining ko‘chmas mulklarini xususiylashtirish;
• ularning hududidagi yer maydonlarini mahalliy hokimliklar zaxirasiga olish.
Mazkur turdagi ob’ektlar ularning madaniyat va san’at sohasidagi faoliyat turini saqlab qolish sharti bilan davlat-xususiy sheriklik asosida beriladi.
Bunda tashabbuskorlarga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida madaniyat va san’at sohasiga yaqin bo‘lgan:
• xizmat ko‘rsatish;
• kichik ishlab chiqarish;
• savdo faoliyati turlari bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.
LiveBarchasi