O‘zbekistonda ilk bor mudofaa sanoatiga oid “Texnofest-2024” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Mudofaa vazirligi tomonidan joriy yilning 2, 3 va 4 may kunlari Toshket shahrida joylashgan “G‘alaba bog‘i” majmuasida ilk bor mudofaa sanoatiga oid “Texnofest-2024” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ko‘rgazmada zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya va kimyo sanoati hamda tekstil sohasida ikki maqsadga mo‘ljallangan ishlab chiqaruvchi zavod, korxona va tashkilotlar o‘zlarining mahsulotlari bilan ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Taqdimotda tanlab olingan eng yaxshi mahsulot korxonasi istiqbolda Mudofaa sanoati agentligi bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, “Texnofest -2024” doirasida ishtirokchilar o‘rtasida robototexnika, modellashtirish texnologiyalari kabi musobaqa va tanlovlar o‘tkaziladi. G‘oliblar Mudofaa vazirligi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan taqdirlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Mudofaa vazirligi G'alaba bog'i Toshket Texnofest-2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing