Kimlarda koronavirus qaytalashi mumkin?
Jamiyat
−
29 avgust 2020
12788Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusdan tuzalgan bemorlarda antitanachalar shakllangan bo‘lsa ham qayta kasallanish mumkinligini inkor etmayapti. Kimlarda antitanachalar bo‘lishiga qaramay, kasallik qaytalashi mumkin?
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova bu savolga javob berdi.
“Koronavirus kasalligi hali oxirigacha o‘rganilmagan va hozirgi kunga qadar izlanishlar davom etayotgan kasallikdir. Olimlar ushbu kasallik bilan qayta kasallanish mumkinligini inkor etmayapti va ularning fikriga ko‘ra kasallik immuniteti past, surunkali kasalligi bor va kasallikka qarshi antitanachalari kam bo‘lgan bemorlarda uchrashi mumkinini ta’kidladilar. Izlanishlar ushbu bemorlarda aniqlangan viruslar juda ko‘p marotaba mutatsiyaga uchraganini ham ko‘rsatmoqda.
Ko‘pchilik men kasallikdan qutildim, antitanachalar bor deb niqobsiz, masofani saqlamasdan yurishni boshladilar. Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib, atrofdagilarni xavf xatarga qo‘ymaslik uchun ham barcha sanitariya-gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etishni tavsiya etamiz”, deydi Barno Abdusamatova.
Elatib o‘tamiz, Gonkongda koronavirusdan 4,5 oy avval sog‘aygan erkak qaytadan kasallikka chalingandi. U safaridan qaytganida aeroportda test topshirib, kasalligini bilgan.
LiveBarchasi