Kimlar karantin davrida ochilgan plastik karta uchun pul to‘lamaydi?

Jamiyat

image

Krantin davrida Pensiya va nafaqa oluvchilarga ochilgan bank plastik kartalari uchun fuqarolardan hech qanday to‘lov va haq olinmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi xabar qildi.

Unga ko‘ra, Pensioner va nafaqa oluvchilarning salomatligini saqlash maqsadida, shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyalariga ko‘ra, respublikadagi epidemiologik holat barqarorlashgunga qadar 2020 yilning may oyidan pensiya va nafaqalarni to‘liqligicha bank plastik kartalari orqali amalga oshirish choralari ko‘riladi.

2020 yilning may oyidan Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning pensiya va nafaqalari to‘liq bank plastik kartalariga o‘tkaziladi. Iyun oyidan respublikaning barcha hududlaridagi fuqarolarning pensiya va nafaqalari bank plastik kartalari orqali to‘lanishi ta’minlanadi. Karantin davrida pensiya to‘lovlari bank plastik kartalari orqali amalga oshiriladi.

Bu qay tarzda amalga oshiriladi?

Birinchi navbatda, AT “Xalq banki” tomonidan pensiya va nafaqalarini naqd pulda oluvchi barcha fuqarolar uchun bank plastik kartalari ochiladi. Bunda ortiqcha qog‘ozbozliksiz, fuqarolardan pasport nusxalari va boshqa hujjatlar talab etilmagan holda Pensiya jamg‘armasi hamda Xalq banki o‘rtasida elektron ma’lumot almashinuvi asosida amalga oshiriladi. Demak fuqarolarning ovoragarchiligisiz plastik kartalar rasmiylashtiriladi.

So‘ngra Pensiya jamg‘armasi tomonidan fuqarolarning pensiya va nafaqa mablag‘lari ularning AT “Xalq banki”da ochilgan bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi. Maxsus komissiya tavsiyasiga binoan, qog‘oz shaklidagi hujjatlarda koronavirus infeksiyasi tarqatishning yuqori darajadagi xususiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda fuqarolardan ariza talab etilmaydi.

Shundan so‘ng, pensiya va nafaqa oluvchilarga ochilgan bank plastik kartalari mahalla fuqarolar yig‘inlari bo‘yicha belgilangan pensiya va nafaqalarni yetkazish grafiklariga muvofiq, AT “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan fuqarolarning yashash manzillariga yetkaziladi. Pensiya va nafaqa oluvchilarga ochilgan bank plastik kartalari uchun fuqarolardan hech qanday to‘lov va haq olinmaydi.

AT “Xalq banki” sayyor kassalari tomonidan bank plastik kartalarini yetkazish chog‘ida, fuqarolarning hohishiga asosan bank kartasidagi pullar foizsiz naqdlashtirib beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Pensiya Krantin

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing