Kimdir nokautga uchraydi – Pore chempionlik jangi haqida

Sport

image
0:00
0:00
download

UFC yengil vazn toifasining birinchi raqamli jangchisi Dastin Pore divizion chempioni Charlz Oliveyraga qarshi jang haqida fikr bildirdi.

“Kamar meniki va uni tortib olishim lozim. Menimcha, bahs to‘liq davom etmaydi va kimdir nokautga uchraydi. Ikkimiz ham ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozonishga harakat qilmaymiz, bunisi aniq. Hozir yengil vazndagi eng zo‘rlarimiz va bu jang o‘zgacha darajada bo‘ladi”, deydi Dastin Pore.

Eslatib o‘tamiz, Dastin Pore va Charlz Oliveyra o‘rtasidagi chempionlik jangi joriy yilning 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, UFCning yengilmas sobiq chempioni Habib Nurmuhamedov yengil vazn toifasidagi chempionlik jangida Dastinning imkoniyatlarini yuqori baholagan edi. “Olmos” so‘nggi marta Konor Makgregorni, Oliveyra esa Maykl Chendlerni texnik nokautga uchratgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Por'e Getji Oliveyra

Baholaganlar

529

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing