Kim yangi raketalarini sinovdan o‘tkazdi
Olam
−
21 mart
2114Shimoliy Koreya kecha, 20 mart kuni yangi zenit-raketa tizimining sinov parvozini amalga oshirdi. Bu haqdagi suratlarni Koreya markaziy axborot agentligi e’lon qildi.
Qayd etilishicha, parvoz jarayonini KXDR rahbari Kim Chen In va Markaziy harbiy komissiyaning asosiy a’zolari kuzatib borgan. Kim Chen In ushbu sinov natijasida Shimoliy Koreya “yana bir muhim mudofaa quroli bilan ta’minlanganini” ta’kidlagan.
“KXDR raketa qurilish bosh boshqarmasi 20 mart kuni yangi zenit-raketa tizimining kompleks jangovar xususiyatlarini tekshirish uchun parvozini o‘tkazdi. Aniqlanishicha, yangi havo hujumiga qarshi raketa tizimining tezkor harakat qilish qobiliyati yuqori bo‘lib, butun tizimning ishonchliligi juda yuksak darajada”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, fevral oyining oxirida Shimoliy Koreya strategik qanotli raketalar sinov parvozini ham o‘tkazgan edi. O‘shanda Kim Chen In raketalar 1587 km masofani bosib o‘tib, belgilangan nishonga aniq yetib borganini bildirgan. U mazkur sinovning asosiy maqsadi “xavfsizlik muhitiga jiddiy tahdid solayotgan va keskinlikni kuchaytirayotgan dushmanlarni ogohlantirish”, shuningdek, “yadroviy qurollarning qo‘llashga tayyorligini namoyish qilish” ekanini ta’kidlagan edi.
LiveBarchasi
24 mart
Do‘rmonga o‘t ketdi.
24 mart