Kim Chen Inning yangi josuslik apparati “dushman" hududiga oid ilk rasmlarni jo‘natdi

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In razvedka sun’iy yo‘ldoshi tomonidan Janubiy Koreyaning Pusan shahridagi Amerikaning “USS Carl Vinson” yadroviy aviatashuvchi kemasi va Gavayidagi harbiy bazalar aks etgan suratlarni o‘rgandi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.


 
Bugun, 24 noyabr kuni Kim Chen In kosmik markazga tashrif buyurdi. Unga “dushman hududidagi muhim nishonlar”, jumladan, Janubiy Koreyaning Gangneung, Pusan, Pxooxan, Tegu va Ulsan hududlaridan olingan fotosuratlar ko‘rsatilgan. Ushbu fotosuratlar 25 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 09:59 dan 10:02 gacha bo‘lgan vaqtda suratga olingan. 

“Soat 10:01:10 da razvedka sun’iy yo‘ldoshi tomonidan olingan suratda Pusanning Ryongho kvartalidagi harbiy portdagi AQSH harbiy-dengiz kuchlarining “USS Carl Vinson” yadroviy samolyot tashuvchi kemasi ham aks etgan”, deyiladi agentlik xabarida.

Sun’iy yo‘ldosh, shuningdek, Gavayi orollari ustidan uchib o‘tgan va u yerda Pyorl-Harbordagi harbiy-dengiz bazasi va Hikam havo kuchlari bazasini rasmga tushirgan. Bu suratlar Pxenyan vaqti bilan 05:13 da olingan.

Kim Chen In Aerokosmik texnologiyalar bosh boshqarmasi xodimlarining “sa’y-harakatlarini yuqori baholagan”. Mutaxassislar rahbarga sun’iy yo‘ldoshning razvedka missiyalarining "rasmiy boshlanishi"ga tayyorgarlik haqida hisobot bergan. Ma’lum bo‘lishicha, sun’iy yo‘ldosh 1 dekabr atrofida o‘z vazifalarini to‘liq bajarishga kirishadi.

Bundan tashqari, agentlik Kim Chen In “dushman tomon hududidagi asosiy nishonlar, jumladan Mokpxo, Gunsan, Пхёнтхэ́к, Osan va Seulning fotosuratlarini batafsil ko‘rib chiqqani” haqida xabar bergan. Pxyontxekda Amerikaning yirik harbiy bazasi joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 noyabr kuni Shimoliy Koreya "Maligen-1" sun’iy yo‘ldoshini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqqandi. Bungacha Pxenyan avgust va may oylarida ikki marta sun’iy yo‘ldosh uchirgan, biroq ular muvaffaqiyatsiz tugagandi. Yaponiya ham bu safargi uchirish muvaffaqiyatli o‘tgani, orbitada KXDR sun’iy yo‘ldoshi bo‘lishi mumkin bo‘lgan ob’ekt borligini tasdiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya sun'iy yo'ldosh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made