Kim Chen Inning o‘g‘li borligi aytildi

Olam

image

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakchisi Kim Chen Inning to‘ng‘ich farzandi katta ehtimol bilan o‘g‘il bola. Bu haqda bugun, 7 mart kuni Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi deputati Yu San Bom Milliy razvedka xizmatining parlamentdagi brifingidan so‘ng ma’lum qildi. 

“Newsis” nashrining parlamentariyga tayanib xabar berishicha, Janubiy Koreya razvedkasida jiddiy dalillar yo‘q, biroq xorijlik hamkasblari bilan ma’lumot almashish natijasida shunday xulosaga kelingan. 

Seul ma’lumotlariga ko‘ra, to‘ng‘ich bolaning ruhiy va jismoniy sog‘lig‘ida hech qanday muammo yo‘q – bunday taxminlar Janubiy Koreyada Kim Chen Inning qizining omma oldida chiqishi tufayli yuzaga kelmoqda. Yu San Bom shuningdek, KXDR yetakchisi oilasida uchinchi farzand dunyoga kelganini, biroq uning jinsi noma’lumligini qo‘shimcha qildi. 

Bundan tashqari, deputatning so‘zlariga ko‘ra, Milliy razvedka xizmatining fikricha, Kim Chju Ening omma oldida chiqishidan maqsad Xalq Respublikasi asoschisi Kim Ir Senning oilasi avlodlari o‘rtasidagi davomiylikni mustahkamlash, qizini hokimiyatga tayyorlash uchun emas.

“Kim Chen In hali yosh, u [hokimiyat] vorisligi rejasini erta tuzishi shart emas”, deydi deputat.  

Yu San Bomning qo‘shimcha qilishicha, KXDR OAVlarida Kim Chen In o‘ziga voris tayyorlayotgani haqida gap-so‘z yo‘q. 

Bundan tashqari, janubiy koreyalik razvedka xodimlari Kim Chju E uyda ta’lim olayotgani, ta’lim muassasalariga muntazam qatnamasligi, ot minish va chang‘i uchishni yaxshi ko‘rishini aytgan. 

“Kim Chju E otni yaxshi minishi haqida ma’lumotlar bor, Kim Chen In bundan mamnun”, deydi janubiy koreyalik deputat. 

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra,  KXDR yetakchisi ot sportini yaxshi ko‘radi, avvalroq KXDR OAVlari tegishli suratlarni e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing