Kim Chen Inning singlisi AQSHga tashlandi
Olam
−
10 iyul 2023
19170Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning singlisi, Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Kim Yo Chjon Janubiy Koreya Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasini o‘zini “AQSH Mudofaa vazirligi yoki AQSHning Hindiston-Tinch okeani qo‘mondonligining rasmiy vakili” sifatida tutishda aybladi. Bu haqda bugun, 10 iyul kuni Koreya markaziy axborot agentligida e’lon qilingan bayonotda so‘z bordi.
Gap shundaki, bugun, 10 iyul kuni ertalab KXDR Mudofaa vazirligi AQSH harbiy-havo kuchlari tomonidan mamlakat havo hududi buzilgani haqida rasmiy bayonot bergan. KXDR Mudofaa vazirligi rasmiysi Pxenyan havo hududi buzilgan taqdirda AQSH razvedka samolyotini urib tushirishi mumkinligidan ogohlantirgan. Bunga javoban Koreya Respublikasi shtab boshliqlari qo‘mitasi havo bo‘shlig‘ida hech qanday qoidabuzarlik kuzatilmagani, parvoz oddiy razvedka operatsiyalari doirasida amalga oshirilganini aytgan.
"Qanday tomosha: janubiy koreyalik “qo‘g‘irchoqlar” AQSH harbiylari tomonidan KXDR suverenitetiga jiddiy tajovuz qilayotganini inkor etishga shoshilishdi. Hozirda Koreya Respublikasi shtab boshliqlari o‘zlarini AQSH Mudofaa vazirligi yoki AQSHning Hindiston-Tinch okeani qo‘mondonligining rasmiy vakilidek tutmoqda. Koreya Respublikasini boshqarayotgan qabila, siyosiy va harbiy gangsterlarda har qanday vaziyatga o‘z so‘zini qo‘shish odati bor. Buni qilmasalar, qandaydir qichima paydo bo‘ladi", degan Kim Yo Chjon.
U Amerika razvedka samolyoti Shimoliy Koreyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasi ustidagi havo hududini buzganini aytgan va keyingi bunday vaziyatda kuchli javob berish haqida ogohlantirgan. Shuningdek, Kim Yo Chjon Shimoliy Koreyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasi “Amerika poligoni emas”ligini ta’kidlagan
“Dushmanning 200 millik eksklyuziv dengiz zonasiga aniqlash radiusi 240 mildan ortiq bo‘lgan asbob-uskunalar bilan bostirib kirishi KXDR suvereniteti va xavfsizligini ochiqdan-ochiq qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi. Shuning uchun Janubiy Koreyaning “qo‘g‘irchoq jangchilari” og‘zini yumishlari kerak”, deydi Kim Yo Chjon.
LiveBarchasi