Kim Chen Inning singlisi ham janubga tahdid qildi
Olam
−
07 yanvar
12871Janubiy Koreya qurolli kuchlarining har qanday xatosi Seulni xavf ostiga qo‘yishi, hatto, eng kichik provokatsiya ham Shimoliy Koreya armiyasining raketalarini ishga solishi uchun sabab bo‘ladi. Bu haqda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi, Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Kim Yo Chjon ma’lum qildi.
“Aniq aytib o‘tilganidek, armiyamiz eng kichik provokatsiyaga darhol javob qaytaradi. So‘nggi paytlarda harbiy banditlarning (Janubiy Koreya harbiylarini) aljirashlari ko‘p kuzatilmoqda. Endi o‘ylab ko‘ring, agar bu qobiliyatsiz harbiy bezorilarning noto‘g‘ri hisob-kitoblari va asossiz taxminlari tufayli kutilmagan hodisa ro‘y bersa, 10 milliondan ortiq aholiga ega Seul qanday xavf-xatarga duch keladi?” degan Kim Yo Chjon.
Ma’lumot uchun, Kim Yo Chjon dunyodagi eng xavfli ayol siyosatchilardan biri sanaladi. U Janubiy Koreya va AQSH rahbarlari bilan uchrashuvlarda ham ishtirok etgan.
"Xavfli singil" akasidan keyin mamlakatdagi eng qudratli odam sifatida tanilgan. U, shuningdek, AQSHning BMT Xavfsizlik Kengashida Shimoliy Koreyani ballistik raketalari borasida tanqid qilinganiga e’tiroz bildirib, Oq uyni "xavfsizlik bo‘yicha yanada jiddiy inqirozga duch kelishi" mumkinligidan ogohlantirib, buni ikki tomonlama standart deb hisoblashlarini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasida o‘quv nomi ostida artilleriya otishmalari avj oldi va joriy yilning 5 yanvar kuni KXDR Janubiy Koreya tomon 200 ga yaqin artilleriya o‘qlarini otdi.
LiveBarchasi