Kim Chen In birdaniga 20 kg vazn yo‘qotgan. Uning ahvoli qay darajada?

Olam

image
Kim Chen Inning keskin ozib ketishi sababi aytildi north_east

Kim Chen Inning keskin ozib ketishi sababi aytildi

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakchisi Kim Chen In deyarli 20 kg vazn yo‘qotgan, ammo uning boshqaruviga ta’sir qiladigan sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolar yo‘q. Bu haqda Janubiy Koreya deputati Kim Ben Ki razvedka xizmatlari bilan maslahatlashganidan so‘ng ma’lum qilgan.  

“Agar uning sog‘lig‘ida muammolar bo‘lganda, Kimning salomatligi uchun mas’ul bo‘lgan klinikaga dori-darmonlar olib kelinayotgani to‘g‘risida belgilar bo‘lishi kerak edi, ammo bunday holat aniqlanmadi”, deya tushuntirgan deputat. 

Shu bilan birga, deputat Shimoliy Koreya rahbari hali ham “ko‘p soatlik uchrashuvlar” o‘tkazib turishini va uning yurishida ham g‘ayrioddiy holat yo‘qligini ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil iyun oyining boshlarida Kim Chen In jamoatchilik oldida so‘nggi bor ko‘ringanidan buyon sezilarli darajada ozib ketgani ma’lum bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In

Baholaganlar

219

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing