Kim Chen Inning keskin ozib ketishi sababi aytildi

Olam

image
0:00
0:00
download
Kim Chen In bir oy ichida ilk bor ko‘rinish berdi  north_east

Kim Chen In bir oy ichida ilk bor ko‘rinish berdi 

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In vaznining sezilarli darajada kamayishiga uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda Moskvadagi Uzoq Sharq Institutining Koreya tadqiqotlari bo‘yicha markazi ilmiy xodimi Konstantin Asmolov ta’kidlagan. 

“Unda irsiy diabet mavjud. Kim Chen Inda qandli diabet kasalligining juda og‘ir formasi edi va u maxsus poyabzal kiyishga majbur bo‘ldi. Bunga gipertoniya va ishdagi stress qo‘shilgan: Kim mamlakat rahbari vazifalariga jiddiy munosabatda bo‘lishi bilan odamda taassurot qoldiradi”, degan ekspert. 

Shuningdek, u Shimoliy Koreya rahbarining jamoatchilikdan vaqtincha yo‘q bo‘lib ketishi uning majburan o‘tkaziladigan tibbiy ko‘riklari bilan bog‘liqligini tushuntirgan. 

“Siz uning taxminan yiliga bir marta uch yoki to‘rt hafta davomida jamoatchilikdan yo‘qolib qolishiga e’tibor berishingiz mumkin. Mening tushunishimcha, aynan shu yoz oylarida u tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. O‘tgan yili aprel oyida ham Kim bir muddat g‘oyib bo‘lib qolganida, vahima paydo bo‘lgandi va uning “o‘limi” to‘g‘risida yolg‘on mish-mishlar paydo bo‘lgandi”, degan Asmolov. 

Avvalroq, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In jamoatchilik oldida so‘nggi bor ko‘ringanidan buyon sezilarli darajada ozib ketgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In

Baholaganlar

606

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing