Kim Chen In bir oy ichida ilk bor ko‘rinish berdi
Olam
−
05 iyun 2021
5544Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) yetakchisi Kim Chen In bir oy deganda birinchi marta ommaga ko‘rinish berdi. U Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi markaziy apparati siyosiy byurosi yig‘ilishida ishtirok etgan. Bu haqda RBK xabar bergan.
Bundan avval respublika rahbari may oyining boshida ommaviy tadbir o‘tkazgan. Ta’kidlanishicha, yig‘ilishda partiya markaziy qo‘mitasining plenumini iyun oyining boshida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan, shu bilan birga davlat rahbari ushbu yig‘ilishda shaxsan ishtirok etish-etmasligi ma’lum qilinmagan.
Avvalroq, Kim Chen In COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq xavotirlar tufayli jamoat tadbirlarida ishtirokini to‘xtatgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergandik.
Shuningdek, Koreya Mehnat partiyasida birinchi kotib lavozimi joriy etilishi aytilgandi. Ushbu lavozimga hozircha hech kim tayinlanmagan va uni Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon egallashi mumkinligi ma’lum bo‘lgandi.
LiveBarchasi